Farg‘ona viloyatida fuqarolarni xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Maʼlum qilinishicha, “E.V.” MCHJ rahbari J.R. fuqaro N.N.ning ishonchiga kirib, uni Angliyaga ishga yuborishi hamda viza hujjatlarini tayyorlab berishni vaʼda qilgan. Buning evaziga 1 900 dollar olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida MCHJ rahbari J.R. 7 nafar fuqaroni chet davlatga ishga yuborishi evaziga jami 10 500 dollarni qo‘lga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 114,2 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.