O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar uch oyda qancha soliq to‘lagani ochiqlandi

Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p.

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 36 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘lagan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 68 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025-yilning I choragida 36,2 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p.

To‘langan soliqlarning 94,5 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi:

  • Apple - 10,6 mlrd so‘m;
  • Meta - 10,5 mlrd so‘m;
  • Google - 8,9 mlrd so‘m;
  • OpenAI - 1,1 mlrd so‘m;
  • TikTok - 934,8 mln so‘m;
  • Booking.com - 542,7 mln so‘m;
  • Netflix - 467,6 mln so‘m;
  • Zoom - 432,6 mln so‘m;
  • Acca - 427 mln so‘m;
  • Xsolla - 235,6 mln so‘m.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling