O‘zbekiston hududlarida aprel oyida yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, aprel oyi davomida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida qiymati 23,7 mlrd so‘mlik 20,7 mln kVt soat elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
To‘plangan materiallar yuzasidan qayta hisob-kitob qilinib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.