Bu yil aprel oyi quruq ob-havo bilan boshlanadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, oyning birinchi besh kunligida havo harorati 22-25 daraja iliqdan 27-30 daraja iliqqacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 32 daraja iliqqacha koʻtarilishi kutilmoqda. Oyning ikkinchi besh kunligida havo harorati asosan 22-27 daraja iliqni tashkil etadi.
7-aprelda respublika shimolida, 8-10-aprelda markaziy va sharqiy hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Oyning ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarida harorat kechalari 8-13 daraja iliqdan 2-7 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 25-30 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.