Fargʻona va Andijonda fuqarolarni xorijiy davlatlarga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov haraktlari oʻtkazilmoqda

Qoʻqon shahrida fuqaro U.A. fuqaro A.Gʻ.ning ishonchiga kirib, oʻzi va uning turmush oʻrtogʻini tanishlari yordamida Janubiy Koreyaga ishga yuborishini aytib, evaziga 12 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Oltinkoʻl tumanida fuqaro A.O. fuqaro G.I.ning ishonchiga kirib, uni 15,5 ming dollar evaziga AQSHga ishga yuborishini aytib, kelishilgan puldan 4 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Bundan tashqari, Izboskan tumanida fuqaro N.A. fuqaro N.X.ning ishonchiga kirib, oʻzi va uning turmush oʻrtogʻini Latviyaga ishga yuborishini aytib, evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov haraktlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling