Toshkent shahrida xorijiy davlatlarga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Maʼlum qilinishicha, Yunusobod tumanida fuqaro J.A. AQSHda yashovchi qarindoshi B.R. bilan o‘zaro til biriktirib, fuqarolar Z.S. va D.S.ni tanishlari yordamida Meksika va Yevropa orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga borishi uchun viza olib berishi evaziga 22 500 dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Bektemir tumanida fuqaro S.N. fuqarolar M.A. va X.T.ning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida Yaponiyaga ishga yuborishi evaziga 2 000 dollar olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.