Jinoyat sodir etganlikda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosi AQSHda qo‘lga olinib, vatanga qaytarildi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.
Ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan — ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan.
Qidiruvdagi shaxs 13-iyul kuni Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga olib kelindi va Interpol MMB xodimlariga topshirildi.
Hozirda qonunchilikka muvofiq javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda.