Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi

U “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ boshqaruv raisi lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.

Prezident qarori bilan, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Asadulla Qayumov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

Asadulla Qayumov 2007-yili Qoʻmitada yetakchi mutaxassis lavozimidan faoliyatini boshlagan va 2017-yilga qadar bosh mutaxassis, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari hamda boshqarma boshligʻi lavozimigacha koʻtarilgan. 2022-2025-yillarda Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat olib bordi.

A.Qayumov “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ boshqaruv raisi lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling