Andijon viloyatining Asaka tumani, “Yuksalish” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 1981-yilda tug‘ilgan haydovchi A.O. o‘zining Matiz avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtida yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan ikki nafar piyodalarni urib yuborgan.
Hodisa oqibatida tan-jarohati olgan piyodalar tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng shifoxonadan chiqib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.