Andijon viloyatining Asaka tumani, Yangisor mahallasida 8-aprel kuni soat 13:10 larda YTH sodir boʻldi.
Mahalladagi ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanib kelayotgan “Zil MMZ” yuk mashinasi tormoz tizimida texnik nosozlik kelib chiqishi oqibatida yoʻl boʻyidagi yashash xonadonga borib urilgan.
Hodisa oqibatida yuk mashina haydovchisi olgan tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Boshqa fuqarolarga zarar yetmagan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Asaka tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.