Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Sharof Rashidov tumaniga yangi hokim tayinlandi

Asilbek Ashurov 2022-yildan buyon Paxtakor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 22-avgust kuni Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiya ishida viloyat hokimi v.b. Ulug‘bek Mustafoyev ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga Asilbek Ashurov nomzodini tavsiya etdi.

Ushbu tavsiya deputatlar tomonidan bir ovozdan ma‘qullandi.

Asilbek Ashurov 2022-yildan buyon Paxtakor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling