12-14 mart kunlari 19 nafar Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari tomonidan ilgari hibsga olingan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Saudiya Arabistonining vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha hibsga olinganlar o‘z oilasi bag‘riga qaytishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga turistik vizalar bilan kelgan, biroq zarur ruxsatnomalarni olmasdan ishga joylashish maqsadida mamlakatda qolgan.
Hibsga olinganlar orasida 20 yoshga to‘lmagan vatandoshlar ham bor. Ulardan baʼzilari qarindoshlariga xabar bermasdan sayohatga chiqqani oilalarda tashvish va faol qidiruvga sabab bo‘lgan.