Toshkent shahar Chilonzor tumanining ayrim ko‘chalari 10-iyun soat 16:00 dan tadbir yakunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga o‘sha kuni O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida o‘tkaziladigan o‘yin sabab bo‘ladi. Yopiladigan ko‘chalar:
- Chilonzor va Cho‘ponota koʼchalari chorrahasidan, Choʼponota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘ponota - Qatortol koʼchalari kesishgan chorrahasigacha boʼlgan qismi;
- Chilonzor va KXAY koʼchalari chorrahasidan, Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab, Chilonzor - Muqimiy koʼchalari kesishgan chorrahasigacha boʼlgan qismi;
- Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi: KXAYdan - Muqimiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Tadbir davrida quyida keltirilgan ko‘chalarda harakat vaqti-vaqti bilan qisman cheklanadi:
- Alisher Navoiy-Furqat ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
- Sebzor-Ganga ko‘prigidan Furqat ko‘chasi tunelga tushishdan cheklanadi;
- Zarqaynar ko‘chasi tunelga tushish cheklanadi;
- Bunyodkor ko‘chasi Kamolon ko‘prik ostidan cheklanadi;
- Bunyodkor ko‘chasi 2-darajali asosiy yo‘lga chiqish Ozarboyjon elchixonasi asosiy yo‘lga chiqishdan cheklanadi;
- Qatortol-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
- Chilonzor-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
- Bunyodkor-KXAY ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
- Bunyodkor 2-darajali yo‘li-Qatortol ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
- Chilonzor-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
- Bunyodkor-Gavhar ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
- TXAY-Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
- Erkin YPX maskanidan og‘ir yuk mashinalari cheklanadi;
Cho‘pon ota-Shota Rustavelli ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;