Mirzo Ulug‘bek tumanidagi o‘rta bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining shikast yetkazishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatildi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
Natijada Humoyun mavzesidagi 480 ta yerli xonadon, “A. Yugnakiy” MFY 30 ta ko‘p qavatli uylardagi 2800 ta xonadonda gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatildi.
Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti bo‘limining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Taʼmirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.