Avgustning ilk kunlarida ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

Harorat kechasi 20-23 daraja, kunduzi 32-35 daraja bo‘ladi.

O‘zbekiston hududi bo‘yicha avgust oyining birinchi kunlarida asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Havo harorati 32-35 daraja atrofida, janubda ba‘zi joylarda 38 darajagacha bo‘ladi, bu avgust oyi boshi uchun kuzatilgan iqlim me‘yorlaridan 1-2 darajaga pastdir.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-16 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

1-avgust kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida bugun kunduzi havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Dam olish kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kunnning ikkinchi yarmida shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-23 daraja, kunduzi 32-35 daraja bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling