Avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Oyning katta qismida harorat asosan kunduzi 34-37 daraja atrofida, janubda ba‘zi joylarda 40-41darajagacha bo‘ladi. Bunday harorat yoz fasli uchun juda qulay bo‘lib, u avgust oyidagi o‘rtacha yillik qiymatlarga yaqindir.
Kechalari harorat asosan 18-23 daraja bo‘ladi. Uchinchi o‘n kunlikda harorat kechalari asta-sekin 13-18 darajagacha, kunduz kunlari 30-35darajagacha, janubda 36-38 darajagacha pasayadi.
Avgust oyi asosan quruq bo‘lishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida oy davomida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam.