Fargʻonada Nexia poyezd tagida qolib ketdi

Haydovchi poyezdni “ilon izi” usulida aylanib oʻtishga uringan

Fargʻona viloyatida 19-fevral kuni soat 22:30 larda Oxunboboyev va Margʻilon bekatlari oraligʻida Nexia-3 mashinasi harakatlanib kelayotgan poyezd tagida qolgan.

Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, haydovchi yoʻl harakati qoidalarini buzib, poyezdni “ilon izi” usulida aylanib oʻtishga uringan.

Hodisa sodir boʻlgan joyga transportda xavfsizlikni taʼminlash xizmati xodimlari va temir yoʻl mutaxassislari darhol yetib kelgan. Avtomobil haydovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling