Ayubxon Kamalov Namangan shahar hokimi etib tayinlandi

U mazkur tayinlovga qadar Markaziy bank raisi o‘rinbosari edi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov maʼruza qildi. 

Yig‘ilishda deputatlar Namangan viloyati hokimining Anvar Otaxodjayevni Namangan shahar hokimi lavozimidan ozod etishni maʼqulladi.

Uning o‘rniga Ayubxon Kamalov shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.

U mazkur tayinlovga qadar Markaziy bank raisi o‘rinbosari edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling