Ayubxon Yunusov O‘zbekistonning Iroqdagi elchisi etib tayinlandi

Elchi ushbu mamlakat prezidenti Abdullatif Rashidga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Ayubxon Yunusov O‘zbekistonning Iroqdaga elchisi (qarorgohi Al-Kuvayt shahrida joylashgan) etib tayilandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Elchi ushbu mamlakat prezidenti Abdullatif Rashidga ishonch yorliqlarini topshirdi. 

Marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot avvalida Iroq prezidenti O‘zbekiston prezidenti bilan xalqaro tadbirlar doirasida bo‘lib o‘tgan suhbatlarini iliq taassurotlar bilan yodga oldi.

Suhbat yakunida prezident Adullatif Rashid O‘zbekistonning Iroqdagi elchisi tayinlanganligi munosabati bilan tabriklab, uning masʼuliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Ayubxon Yunusov 2024-yili O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi sifatida Al-Kuvayt shahriga tashrif buyurgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling