Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Aziz Tashpulatov O‘zbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi

Shuningdek, assotsiatsiya raisining o‘rinbosarlari, bosh kotib va ijrochi direktorlari ham saylanib, rahbariyat tarkibi to‘liq shakllantirib olindi.

O‘zbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot saylov-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Konferensiya davomida assotsiatsiya rahbariyati qayta shakllantirilib, yaqin davr uchun ustuvor rejalar muhokama qilindi. Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Tashpulatov nomzodi O‘zbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi raisi lavozimiga ilgari surildi. 

Nomzodlar ushbu taklifni bir ovozdan maʼqullashdi va u O‘zbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi.

Shuningdek, assotsiatsiya raisining o‘rinbosarlari, bosh kotib va ijrochi direktorlari ham saylanib, rahbariyat tarkibi to‘liq shakllantirib olindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling