Sirdaryo tumaniga hokim tayinlandi

U bunga qadar viloyat Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan

Sirdaryo tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Viloyat rahbari Erkinjon Turdimov ishtirok etayotgan sessiya ishida tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Deputatlar tomonidan shu kunga qadar Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan Azizbek Turdimurodov nomzodi tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Maʼlumot oʻrnida A.Turdimurodov 1994-yil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tugʻilgan. 2019-yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 2022-yilda esa Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tamomlagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling