Birlashgan Arab Amirliklaridan qidiruvda bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekistondagi Interpolning Milliy markaziy byurosi xabar berdi.
Ikki nafar fuqaro og‘ir jinoyatlar sodir etganlik aybi bilan xalqaro qidiruvda bo‘lgan.
Ushbu shaxslar O‘zbekistonda sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlarga oid ayblovlar bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan.
"Endi ular jinoiy javobgarlikka tortilish uchun sud oldida javob berishadi", deyiladi xabarda.