Babayan “Andijon”ga, Kapadze “Navbahor”ga bosh murabbiy bo‘ldi

Tomonlar o‘zaro shartnoma imzoladi.

Samvel Babayan “Andijon” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Babayan faoliyati davomida “Paxtakor”, “Navbahor”, “Spartak” (Latviya), “Lokomotiv”, “Chanchun Yatay” (Xitoy) kabi klublarni boshqargan. Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ham ustozlik qilgan.

“Navbahor” klubi esa yangi bosh murabbiy sifatida Timur Kapadzeni rasman tanishtirdi.

Tajribali mutaxassis klub rahbariyati bilan barcha masalalarni muhokama qilgan holda, jamoadagi kelgusi rejalar va maqsadlar yuzasidan to‘liq kelishuvga erishdi. Tomonlar o‘zaro shartnoma imzoladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling