Dam olish kunlarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Havo harorati kunduz kunlari 23-28 darajagacha isiydi

Bugun kun davomida respublika hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 4-aprelga kechga tomon va 5-aprelda ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida bugun kunduzi ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin, ertaga 5-aprel kuni yogʻingarchilik kutilmaydi.

6-aprelda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 4-6-aprel kunlari harorat foni ancha yuqori boʻishi saqlanib turadi. Kunduz kunlari havo 23-28 darajagacha, baʼzi joylarda 30 darajagacha isiydi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika boʻyicha baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkentda bugun kunduzi yogʻingarilik kutilmaydi, 4-aprelda kechga tomon, 5-aprelda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. 5-aprelda kunduzi biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

6-aprelda kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumikn. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 4-aprelda kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayadi.

Harorat 4-aprelda 28-30 daraja, 5-6-aprelda 23-26 daraja boʻladi, kechalari asosan 12-15 daraja boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling