Hafta davomida salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi

Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududiga salqin va nam havo massalari kirib kelishi davom etadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Markaziy va sharqiy viloyatlar bo‘yicha ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Rsepublikasida ba‘zi joylarda, ertaga, 27-may kuni Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba‘zi joylarda momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 

Bugun kunduzi havo harorati 27-32 daraja, ertaga 22-25 daraja, 28-30 mayda 25-30 daraja, ba‘zi joylarda 32 darajagacha bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida bugun kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 29-31 daraja bo‘ladi.

Ertaga asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 23-25 daraja bo‘ladi.

28-may – chorshanba kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 28-30 daraja bo‘ladi.

29-30-may kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 29-mayda kechga tomon, 30-mayda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Shamol vaqti-vaqti bilan 12-14 m/s gacha kuchayadi, ba‘zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling