Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 6 kishi jarohatlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani, “Gulbog‘” mahallasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida 3-oktyabr kuni soat 20:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Haydovchi Labo avtomobilida harakatlanib kelib, boshqaruvni yo‘qotib qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashgan.

Natijada Labo haydovchisi hamda 5 nafar yo‘lovchi ayollar shu paytning o‘zida turli darajadagi tan jarohatlari bilan tuman kasalxonasiga yetkazilgan. 

Hozirda holat yuzasidan Bandixon tuman IIB tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling