Endilikda banklar chetdan mablagʻ jalb qilishi bilan uni qanday loyihalarga berishi haqida hokimlarni xabardor qiladi

Hokimlar esa tadbirkorlar ishlab chiqqan tayyor loyihalarni toʻplab, banklarga taqdim etadi.

Prezident raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Banklar birinchi chorakda xorijdan 1,2 milliard dollar resurs jalb qildi. Buning yarmidan koʻpi 4 ta bankka toʻgʻri kelmoqda. Qolgan banklar ham bu boradagi ishini faollashtirishi muhim ekani taʼkidlandi.

Andijon, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida tadbirkorlar bilan faol ishlangani uchun ushbu mablagʻlarning koʻpi shu hududdagi loyihalarga toʻgʻri kelayapti.

“Nima uchun qolgan hokimlar sifatli loyiha qilib, tayyor pulni ishlatmaydi?”, — deya savol qoʻydi prezident.

Endilikda banklar chetdan mablagʻ jalb qilishi bilan uni qanday loyihalarga, qancha muddatga va qaysi shartda berishi haqida hokimlarni xabardor qiladi. Hokimlar esa tadbirkorlar ishlab chiqqan tayyor loyihalarni toʻplab, banklarga taqdim etadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling