Baxmalga sel kelishi oqibatida 32 kishi evakuatsiya qilindi

Shuningdek, sel oqimi yo‘lida qolib ketgan ikkita Damas va Gentra avtomobillari zarar ko‘rgan.

Jizzax viloyati Baxmal tumanida 18-iyun kuni kuchli yog‘ingarchiliklar natijasida tog‘ va tog‘ oldi hududlarida sel oqimi yuz berdi.

Sel Jo‘m-Jo‘m qishlog‘i hududidan o‘tuvchi soyning o‘zani bo‘ylab oqib o‘tib, “Jo‘m-Jo‘msoy” dam olish maskani hamda Nushkent M.F.Y. hududlaridan o‘tgan. 

Mazkur hududda bo‘lgan 32 nafar dam oluvchi tezkor ravishda xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va jarohat olganlar yo‘q. 

Turar joylar, uy hayvonlari va bino-inshootlarga zarar yetkazilmagan.

Biroq, “Jo‘m-Jo‘msoy” dam olish maskaniga olib boruvchi ko‘prik qisman shikastlangan. 

Shuningdek, sel oqimi yo‘lida qolib ketgan ikkita Damas va Gentra avtomobillari zarar ko‘rgan.

Hozirgi vaqtda sel oqimi oqibatlari to‘liq bartaraf etilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling