Toshkentning ko‘plab ko‘chalarida avtomashinalar harakati vaqtincha cheklanadi

18-noyabr kuni Toshkentning asosiy ko‘chalarida harbiy bo‘linmalarning namoyishkorona piyoda yurishlari bo‘lib o‘tadi.

18-noyabr kuni Toshkentning asosiy ko‘chalarida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Harbiy bo‘linmalarining piyoda yurishlari “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida soat 15:00 da ko‘rgazmali chiqishlar bilan boshlanadi.

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi (Sag‘bon va Zarqaynar ko‘chalari orqali) – O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi – “Chorsu” bozori – Toshkent sirki (Zarqaynar ko‘chasi) – “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyi (O‘zbeksiton shoh ko‘chasi va Furqat ko‘chasi) yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan harbiy bo‘linmalarning “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyi maydonida harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.

Shu bois poytaxtning bir qator ko‘chalarida soat 15:00 dan soat 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi:

Qoraqamish – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab KXAY – Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

KXAY – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Farobiy – Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

Zarqaynar – Sag‘bon ko‘chalari aylanma harakatidan, Zarqaynar ko‘chasi bo‘ylab Zarqaynar – Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

Zarqaynar – Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat – Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

Furqat – Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat – Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling