Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi nishonlanadi

Mutafakkir adibning “Tanlangan asarlar” to‘plami chop etiladi

Prezidentning “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, 2025 yilda Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanadi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini nishonlash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi tasdiqladi.

Dasturda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi, jumladan:

  • mutafakkir adibning “Tanlangan asarlar” to‘plami, uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop kitoblarni nashrga tayyorlash va chop etish;
  • Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida spektakllar sahnalashtirish hamda bugungi kunga qadar yaratilgan “Mahmudxo‘ja Behbudiy” kinoseriali va “Xalq yuragi” badiiy-publisistik filmlarining ommaviy namoyishlarini tashkil qilish;
  • umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, ijod maktablari o‘quvchilari, “Temurbeklar maktablari” kursantlari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash;
  • 2025-yil oktyabr oyida “Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi va jadidlik harakatini o‘rganishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish;
  • 2025-yil noyabr oyida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-ma’rifiy xotira kechasini o‘tkazish.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling