Toshkent viloyatida MIB xodimi 6 yilga qamaldi

MIB Bekobod shahar davlat ijrochisi fuqaroning aliment qarzdorligi uchun qo‘yilgan xorijga chiqish taqiqini yechib berishni vaʼda qilgan.

Toshkent viloyatida MIB Bekobod shahar davlat ijrochisi Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning aliment qarzdorligi uchun qo‘yilgan xorijga chiqish taqiqini yechib berishni vaʼda qilgan.

Buning evaziga undan 20 mln so‘m talab qilib, 13 mln so‘mni “pora” tariqasida olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Maʼlum bo‘lishicha, davlat ijrochisi ushbu “xizmati” evaziga muqaddam 450 dollar va 1,3 so‘m ham olgan.

Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudining hukmiga binoan MIB davlat ijrochisi aybdor deb topilib, 2 yil muddatga xuquqni muhofaza qiluvchi organlarda, davlat ishtirokidagi tashkilotlarda rahbarlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash xuquqidan mahrum qilinib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling