Toshkent viloyatining Bekobod tumani, “Farhod” MFY hududida ekologik nazorat tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda qum qazib olinayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan oʻrganish olib borilganda, tabiatga 100 milliard 627 million 800 ming soʻm miqdorida zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.
Holatga huquqiy baho berish uchun toʻplangan barcha hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.