Bekobodda qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida tabiatga qariyb 17 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi.

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi. 

Maʼlum qilinishicha, reyd davomida huquqbuzarlar F. T. va U.Q. tomonidan tumanning “Achamayli” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi o‘zanidan yuk avtomobili hamda maxsus yuklovchi transport vositasi yordamida noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasi ortib olib chiqib ketilayotganligi aniqlandi. 

Bu bilan tabiatga 16 mlrd 912 mln 862 ming 600 so‘m zarar yetkazilgan.

Holatga huquqiy baho berish maqsadida to‘plangan hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi. Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling