Toshkent viloyatida 1,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar berdi O‘zenergoinspeksiya.
Maʼlum qilinishicha, Bekobodda YTT “A. A. X.”ga qarashli binodagi elektr qurilmalar hisoblagichdan tashqari tarqmoqqa ulanib, elektrdan noqonuniy foydalanilgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida 1,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.