Toshkentning bitta tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

Toshkent shahrining Bektemir tumanida 27-noyabr kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr ta‘minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

Bunga tumandagi quvvati 10 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida rejalashtirilgan ta‘mirlash ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.

  • Ushbu hududlar:: “Zabardast”, “Musaffo”, «Nurli yo‘l», “Sohil” hamda “Oltintopgan” MFYlari.

Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling