Toshkentning uchta tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

Ta‘mirlash ishlari tufayli 11-noyabr kuni Bektemir, Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

  • Bektemir tumani (10:00 dan 17:00 gacha) – “Musaffo” MFY;
  • Sergeli tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) - “So‘g‘diyona” MFY;
  • Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha)— “ Yangi Darxon” MFY.

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling