Toshkentdagi korxona hududida yog‘och bo‘laklari yonib ketdi

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q

Toshkent shahrining Bektemir tumani, Oltintopgan ko‘chasida joylashgan korxona hududida 14-mart kuni soat 10:32 da yong‘in sodir bo‘ldi.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari manzilga soat 10:46 da yetib borib, yong‘in soat 10:50 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Manzilda yog‘och bo‘laklarini yonishi natijasida, bitta daraxt yonib zararlangan.

Voqea sodir bo‘lgan manzilga, tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling