Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentdagi sakkizta avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartirildi

Bektemir yo‘li va Katta halqa yo‘li ko‘chalari chorrahasida 21-sentyabrdan yo‘l inshooti qurilish ishlari olib borilmoqda.

Bektemir tumanidagi Bektemir yo‘li va Katta halqa yo‘li ko‘chalari chorrahasida 21-sentyabrdan yo‘l inshooti qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda poytaxt transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.

Shu bois mazkur chorraha vaqtincha yopildi.

Endilikda 39, 45, 68, 93, 110, 117, 128, 130-sonli yo‘nalish avtobuslari chorraha atrofida tashkil etilgan vaqtinchalik muqobil yo‘l orqali harakatlanadi.

Qurilish davrida tirbandlik kuchayishi mumkin. Avtobuslarning harakat vaqti hamda intervali odatiy jadvaldagidan biroz uzunroq bo‘lishi ehtimoli bor.

Ishlar davomida zarurat tug‘ilsa, yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling