Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentda 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan yashirin konserva sexi aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkentning Bektemir tumanidagi yashirin konserva sexida 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro R.Q. Bektemir tumani, “Oltintopgan” MFY hududidagi xonadonda tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan konserva mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

U tuman gaz taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, 889,8 ming m3 tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, 2,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling