Ta‘mirlash ishlari tufayli 28-noyabr kuni Toshkent shahrining beshta tumanida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hududlar:
- Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) – “Navbahor", "Xalqlar Do‘stligi“,”Dilobod“,”Novza" va “Beshyog‘och” MFY;
- Mirzo Ulug‘bek tumani (10:00 dan 18:00 gacha) – “Iqtidor” va “Chingeldi” MFYlari;
- Olmazor tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) - “Qizg‘aldoq” MFY;
- Bektemir tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) - "Iyk Ota" MFY;
- Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha)— “Gulzor” va “Jaloir” MFY.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.