Mavjud elektr qurilmalarida ta‘mirlash ishlarini olib borish maqsadida 11-iyun kuni Bektemir tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
- Ushbu hududlar: «Husayn Bayqaro» hamda “Abay” MFYlarining ayrim hududlarida soat 13:00 dan 18:00 gacha.
Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.