Aleksandr Ogorodnikov Belarusning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlandi.
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
“Hamkorligimizning ustuvor yoʻnalishlarini va yaqin istiqboldagi rejalarimizni muhokama qildik. Janob Elchiga mamlakatimizdagi yangi diplomatik missiyasi davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, – deyiladi xabarda.