Jizzaxda 733 mln so‘mlik neft mahsulotlari talon-toroj qilindi

Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan

Yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “J.N.B” MCHJning Dashtobod filialida saqlanayotgan yonilg‘i-moylash mahsulotlari inventarizatsiyadan o‘tkazilganda, 309,2 mln so‘mlik avtobenzin, 424,6 mln so‘mlik dizel — jami 733,8 mln so‘mlik neft mahsulotlari filialning bosh operatori A.T. tomonidan talon-toroj qilingan.

Holat bo‘yicha A.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling