Fargʻonada 686 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

Tadbirga doir barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Fargʻona viloyatining Beshariq tumani, “Vorux dasht” MFYda joylashgan “N. R. Sh.” MCHJga qarashli davolash maskanida gazdan foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, isteʼmolchi loyiha-texnik hujjatlarsiz tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 686 mln 590 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi.

Tadbirga doir barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling