Milliy statistika qo‘mitasi 2026-yil may oyi uchun bir kilogramm palovning hududlar kesimida hisoblangan qiymatlari bo‘yicha maʼlumot berdi.
Qayerda qancha?
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 103 557 so‘m
Andijon viloyati – 113 198 so‘m
Buxoro viloyati – 115 466 so‘m
Jizzax viloyati – 115 970 so‘m
Qashqadaryo viloyati – 117 746 so‘m
Navoiy viloyati – 116 889 so‘m
Namangan viloyati – 115 801 so‘m
Samarqand viloyati – 119 998 so‘m
Surxondaryo viloyati – 117 800 so‘m
Sirdaryo viloyati – 111 471 so‘m
Toshkent viloyati – 119 694 so‘m
Farg‘ona viloyati – 122 884 so‘m
Xorazm viloyati – 114 394 so‘m
Toshkent shahri – 125 126 so‘m
Bir kilogramm palov uchun qanday mahsulotlar hisoblangan?
kungaboqar yog‘i – 0,3 l
piyoz – 300 gr
mol go‘shti – 700 gr
sabzi – 1 kg
guruch – 1 kg
no‘xat – 100 gr
zira – 10 gr
osh tuzi – 20 gr
Ushbu qiymatlar palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlar narxi asosida hisoblangan bo‘lib, ular hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palov narxini ifodalamaydi.