So‘nggi bir haftada energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 37,9 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 92 ta holat aniqlandi.
Bunda 15,6 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (32,4 mlrd so‘m) va 1,8 mln metr kub tabiiy gaz (5,4 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida jami 37 mlrd 921 mln so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Shuningdek, iste‘molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 126 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirildi.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.