2025-yilning yanvar-mart oylarida jami 1,5 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 256,5 ming nafarga yoki 20,3 foizga oshgan.
Yanvar-mart oylarida chet elga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
- qarindoshlarni yo‘qlash – 1 189 827 nafar
- sayyohlik – 307 199 nafar
- davolanish – 11 764 nafar
- o‘qish – 7 437 nafar
- xizmat yuzasidan – 3 320 nafar