Iyun oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 135,6 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan, deb xabar berdi O‘zenergoinspeksiya.
Maʼlum qilinishicha, so‘nggi bir oyda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 234 ta holat aniqlandi.
Unga ko‘ra, 50,6 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (103 mlrd so‘m) va 12,4 mln metr kub tabiiy gaz (32,6 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida jami 135 mlrd 669 mln so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Shuningdek, iste‘molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 471 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirildi.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.