Avvalroq Samarqandda 23 yoshli qiz oʻz joniga qasd qilgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov qoʻshimcha maʼlumot berdi.
Unga koʻra, byuti-bloger qizning oʻlimi bilan bogʻliq holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harkatlari olib borilmoqda.
Marhumaning oʻlimi yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Tekshirish harakatlari har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻtkazilishi va natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.
Tekshirish davomida ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan vajlar ham oʻrganib chiqiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling