Bog‘chalardagi o‘rta maxsus maʼlumotli pedagoglar dual taʼlim asosida o‘qitiladi

Ular haftasiga bir kun pedagogika OTMida, qolgan besh kun esa ishlayotgan bog‘chasida bakalavriatning to‘lov-shartnoma asosidagi dual ta‘lim shaklida tahsil oladi.

Hukumatning maktabgacha taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro tajriba asosida bakalavrlar tayyorlash tizimini joriy etish bo‘yicha qarori qabul qilindi.

2026/2027-o‘quv yilidan maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida ishlayotgan o‘rta maxsus ma‘lumotli pedagoglar uchun dual ta‘lim joriy etiladi.

Ular haftasiga bir kun pedagogika OTMida, qolgan besh kun esa ishlayotgan bog‘chasida bakalavriatning to‘lov-shartnoma asosidagi dual ta‘lim shaklida tahsil oladi.

Bunda o‘qishga maktabgacha taʼlim tashkilotlarida kamida 3 yil davomida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar test sinovlari asosida qabul qilinadi.

Dual taʼlim shaklida maktabgacha taʼlim bakalavriat taʼlim yo‘nalishida pedagogika oliy taʼlim tashkilotlariga faqat tegishli hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar qabul qilinadi.

2028/2029-o‘quv yilidan O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, 2029/2030-o‘quv yilidan esa pedagogika OTMlarining xalqaro ta‘lim dasturlari bitiruvchilariga kasbiy sertifikatlash sinovlarida bepul qatnashish imkoniyati yaratiladi.

Bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi bilan birga, o‘z xohishiga ko‘ra ushbu sinovlarni ham topshirishi mumkin bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling